Ohunjon Madaliyev - Ketgim kelmayapti onajon

Oxunjon Madaliyev

Ketgim kelmayapti onajon

Shamollar uyg’ondi, barg hayajonda,
Hatto yer ostida qo’zg’aldi ilon.
Dunyo ko’zlarini ochayotganda,
Ketgim kelmayapti, onajon. {x2}

O’ngirlarda kezar muzdek havolar,
Ishqalab qobog’in ko’tarar osmon. (x2)
Mana shu bog’larni ko’rmasdan turib,
Ketgim kelmayapti, onajon. {x2}

Qizlarning ovozi kelyapti munis,
Ishq desam, daftarga sachrab ketdi qon.
Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon? {x2}

Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon? {x2}

Begunoh bittadir, u ham osmonda,
Qo’lga chivin qo’ndi – quvmoqqa yo’q jon.
Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo’qmidi, onajon?

Garchand mungli qo’shiqlar aytdim,
Garchand azob ko’rdim mudom bepoyon,
Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon? {x2}

Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ketgim kelmayapti onajon
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 23, 2015