• Oxunjon Madaliyev - Kimligini aytmayman

    Oxunjon Madaliyev

    Kimligini aytmayman

    Sevib qoldim bir go`zalni, kimligini aytmayman, {x2}
    Shubha qilsa ham yigitlar, kimligini aytmayman.

    Bu dunyoda go`zallar ko`p, go`zallardan o`zarlar ko`p,
    Go`zalroqdir tanlaganim, kimligini aytmayman. (x2)

    Shaddod qizlar so`rab qolar, kimligini aytmayman,
    Onajonim tergab qolar, kimligini aytmayman.

    Yulduzlarga, quyoshga ham, tog`u-toshdek bardoshga ham,
    Kuni bitgan bir lochga ham kimligini aytmayman. (x2)

    Bu dunyoning sirlariga alishmayman, aytmayman,
    Zo`ru, zolim, pirlariga kimligini aytmayman.
    Hech kimsa mendek sevmasin, yurak bag`rini tilmasin, {x2}
    O`sha go`zal ham bilmasin, kimligini aytmayman!

    Hech kimsa mendek sevmasin, yurak bag`rini tilmasin,
    O`sha go`zal ham bilmasin, kimligini aytmayman!

    Kimligini aytmayman, kimligini aytmayman… {x2}