Ohunjon Madaliyev - Ko'nglimda bir yor

Oxunjon Madaliyev

Ko’nglimda bir yor

Muhabbat bog’iga kirmadim bir bor,
Suygan gulimga qo’l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig’lar menga qo’shilib,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Biri birisiga o’xshamas, yora,
Ko’zimning yoshlari to’xtamas, yo Rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin erkalab nigohim bilan,
Birisin erkalab dudog’im bilan,
Yasharman savobu gunohim bilan, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin hur deyinmu, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko’rgilik ekan, Xudoyim, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’nglimda bir yor
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2015