Sovuq qishning shiviri yolg`on,
Oppoq qorning hovuri yolg`on, (x2)
Tushlarimning ta’biri yolg`on,
Menikisiz, siz menikisiz. {x2}

Mendan o`tgan alamlar yolg`on,
Meni yutgan sitamlar yolg`on, (x2)
Sizsiz kelgan ko`klamlar yolg`on,
Menikisiz, siz menikisiz. {x2}

Yolg`izlikni kiyganim yolg`on,
Kimlarnidir suyganim yolg`on, (x2)
Sizni demay qo`yganim yolg`on,
Menikisiz, siz menikisiz. {x2}

G`amning uzun bo`ylari yolg`on,
Kemtik dilning o`ylari yolg`on, (x2)
Ayriliqning kuylari yolg`on,
Menikisiz, siz menikisiz. {x2}

Termulaman sizga yana men,
Firoqlardan tamom tonaman, (x2)
Bugun olov bo`lib yonaman,
Menikisiz, siz menikisiz. {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Menikisiz
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 15, 2015