Bahor keldi boqqa, gulni yetaklab,
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab,
Qalb daftarin ochdim ma’yus varaqlab,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Noming nola qilar bag’rimni ezib,
Kelmaysanmi sog’inganimni sezib? (x2)
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Ko’zlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim ko’kni qoplar yulduzdek,
Va turibman bu dunyoda yolg’izdek,
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim o’qib, yodinga ham olarsan,
Sevsang o’zing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Meni izlab nasibam, meni izlab.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nasibam
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2014