Ohunjon Madaliyev - Ona duosi

Oxunjon Madaliyev

Onamning duosi

Bir kuni go’zallar qarg’aydi meni,
Qarovsiz muhabbat uchun qarg’aydi. (x2)
Men pinak buzmayman, hadik tortmayman,
Onamning duosi meni asraydi. (x2)

Bir kuni do’stlarim qarg’aydi meni,
Sotilgan sadoqat uchun qarg’aydi. (x2)
Sulaymon g’oridan topmasman panoh,
Onamning duosi meni asraydi. (x2)

Bir kuni qo’shiqlar qarg’aydi meni,
Yolg’on qo’shiqlarim meni qarg’aydi. (x2)
Men baribir qo’rqmay kuylayveraman,
Onamning duosi meni asraydi. (x2)

Yetar, men na jamshid na hotamtoyman,
Na orzusi poymol bo’lgan xumoyman.
Sofligu ma’sumlik haqqi-hurmati –
Bir kuni o’zimni o’zim qarg’ayman.

Sofligu ma’sumlik haqqi-hurmati –
Bir kuni o’zimni o’zim qarg’ayman.

Bir kuni o’zimni o’zim qarg’asam,
Onamning duosi meni asraydi. (x2)

Onamning duosi meni asraydi… {x4}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onamning duosi
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 7, 2016