Oxunjon Madaliyev - Onamning tilagi

Oxunjon Madaliyev

Onamning tilagi

Soddagina onam, xokisor onam,
Munisgina onam, beozor onam.
Ko`zida aytmagan dardi bor onam,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

Ko`zida aytmagan dardi bor onam,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

Derlar: bitta onang, bitta tanang do`st,
Yor-og`ayni emas, faqat bolang do`st.
Tongda joynamozda qilgan nolang do`st,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

Tongda joynamozda qilgan nolang do`st,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

Ko`z ochsam, yon-berim olov bo`lganda,
Qo`shiqlarim boshimga balo bo`lganda,
Eng yaqin do`stlarim chin yov bo`lganda,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

O`rgiloyin olisdan yo`qlab kelsangiz,
Qo`shig`imni tinglab, yig`lab kelsangiz,
Eng buyuk qo`shig`im siz, agar bilsangiz,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz.

Eng buyuk qo`shig`im siz, agar bilsangiz,
Hofiz bolam, senga ko`z tegmasin, deysiz. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onamning tilagi
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016