Ohunjon Madaliyev - Seni bugun ko'rmasam bo'lmas

Oxunjon Madaliyev

Seni bugun ko’rmasam bo’lmas

G’amgin yurak, g’amgusor yurak,
Bechorani xo’rlasang bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rishim kerak,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo’ygaymi omon? (x2)
Tushun, seni sog’indim yomon,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga. (x2)
Nima bo’lsa, bo’lar ertaga,
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2)
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas. (x2)

Seni bugun ko’rmasam bo’lmas… (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni bugun ko’rmasam bo’lmas
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2015