Oxunjon Madaliyev - Seni olib ketgani keldim

Oxunjon Madaliyev

Seni olib ketgani keldim

Yo`llarimga ko`zlar tutgan qiz,
Qo`llaringni tutgali keldim.
Bu yerlardan juda ham olis,
Seni olib ketgali keldim. (x2)

Necha yillar ishq zahrin yutib,
Necha sahro, tog`lardan o`tib,
Ko`zlarimning ustida tutib,
Seni olib ketgali keldim. {x2}

Yomonlardan, balodan saqlab,
Kokilingni bo`ynimga bog`lab, (x2)
Bir quchoq gul kabi quchoqlab,
Seni olib ketgali keldim.

Hey malikam, shahzoda o`zim,
Sensiz holi aftoda o`zim.
Sendek ko`ngli ozoda o`zim,
Seni olib ketgali keldim. {x2}

Kun ko`rdimmu yorug` olamda?
Har soniya yaraldi g`amdan. (x2)
Bu yerlardan o`zimni hamda
Seni olib ketgali keldim. (x2)

Seni olib ketgali keldim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Seni olib ketgani keldim
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 6, 2016