Ohunjon Madaliyev - Sevar eding

Oxunjon Madaliyev

Sevar eding

Osmonimni obod qilgan qamar eding,
Balolardan saqlaguvchi tumor eding. (x2)
Ko’zlarimga mudom ko’zi xumor eding,
Yo’llarimni yoshing bilan yuvar eding,
Meni desa joningni ham berar eding. {x2}

Jon chekarding ozor yetsa gar jonimga,
Ming aldasam, ishonarding yolg’onimga. (x2)
Nogoh tikan botar bo’lsa tovonimga,
Tikanlarni kiprigingda terar eding,
Meni desa joningni ham berar eding.

Yaproqlarga shodon-shodon so’ylardim men,
Gulbog’larga pinhon-pinhon bo’ylardim men. (x2)
Seni o’pib, begonani o’ylardim men,
Asli menga sen hammadan kerak eding,
Meni desa joningni ham berar eding. {x2}

Yo’qsan, seni yo’qlab yo’llar qaragim yo’q,
Yurak yutib boray desam, yuragim yo’q,
O’zimga ham endi meni keragim yo’q,
Meni hatto mendan ziyod sevar eding,
Meni desa joningni ham berar eding.

Meni hatto mendan ziyod sevar eding,
Meni desa joningni ham berar eding. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevar eding
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 26, 2015