Sevgan yor yillar o`tib,
Men haqimda o`ylaydilarmu? (x2)
Yoshlikda sevgimizni
Kimlargadir so`ylaydilarmu? (x2)

Armon bilan yig`lab, kuyib,
Paymonasi to`lmaydilarmu? (x2)
Qo`msab mendek sevgan yorini,
Azoblanib so`lmaydilarmu? (x2)

Baxtli bo`lsam o`zga yor bilan,
Ul lobarim kuymaydilarmu? (x2)
Taqdir uni qiynasa, meni
Bevafoga yo`ymaydilarmu? (x2)

Sevgan yor yillar o`tib,
Men haqimda o`ylaydilarmu? (x2)
Yoshlikda sevgimizni
Kimlargadir so`ylaydilarmu? (x2)

Kimlargadir so`ylaydilarmu? {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgan yor
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 16, 2015