Ming marta sig`ingan sevgimga
Bir marta sig`insang yetardi. (x2)
Ming yilga yetgulik sevgimga
Bir lahza sevganing yetardi. (x2)

Har kuni yo`lingni poylasam,
Jilmayib o`tganing yetardi. (x2)
Sevgimni olamga jar solsam,
Pichirlab aytganing yetardi. (x2)

Sevishni bilmadim, azizim,
Bilarding, bilganing yetardi.
Bir umr begona qildingku,
Arazlab qolganing yetardi.

Yolg`izlab qo`ydingku, yolg`izim,
Umidvor yurganim yetardi. (x2)
Ko`ksimda bir buyuk sevgi bor,
Senga ham, menga ham yetardi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgimga
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 30, 2016