• Oxunjon Madaliyev - Shahzodangni kut

    Oxunjon Madaliyev

    Shahzodangni kut

    Mushtoq nigohlaring sarson etmagil,
    Zimdan termulmagin behol va bexush. (x2)
    Sen hali go`daksan, norasta singlim,
    Bir kuni keladi, shahzodangni kut,
    Men esa ketaman, unutgil, unut.

    Hali sen sevarsan, seni sevarlar,
    Hali ne yigitlar seni deyarlar. (x2)
    Hali kimlar seni izlab kelarlar,
    Bir kuni keladi, shahzodangni kut,
    Men esa ketaman, unutgil, unut.

    Go`zalim, senga baxt tilab qolaman,
    O`kinchli ko`ksimni dog`lab qolaman. (x2)
    Kechikish gunohmu, yig`lab qolaman,
    Bir kuni keladi, shahzodangni kut,
    Men esa ketaman, unutgil, unut.

    Mushtoq nigohlaring sarson etmagil,
    Zimdan termulmagin behol va bexud. (x2)
    Sen hali go`daksan, norasta singlim,
    Bir kuni keladi, shahzodangni kut,
    Men esa ketaman, unutgil, unut.

    Bir kuni keladi, shahzodangni kut,
    Men esa ketaman, unutgil, unut.

    Unutgil, unut… {x6}