Ohunjon Madaliyev - Shohimardon tog'lari

Oxunjon Madaliyev

Shohimardon tog`lari

Shohimardon yo`llariga gullar yarashgan,
Yigit-qizlar bir-biriga o`tli qarashgan. (x2)
Sen aytmasang, tog`lar aytar, ohular aytar,
Bir qiz bormish, oylar undan husn talashgan.

Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon.
Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon.

Shohimardon tog`larining rayhoni ko`pdir,
O`ngirlari, qoyalari, sayhoni ko`pdir. (x2)
Oylar o`tib, kunlar o`tib diydor ko`rishsak,
Farg`onaning o`lanlari, to`ylari ko`pdir. (x2)

Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon.
Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon.

Shohimardon tog`larining havosi yaxshi,
Oq suvining, ko`k suvining navosi yaxshi. (x2)
To`ylarimiz to`g`risida ko`rgan-kechirgan
Farg`onaning bobolari, momosi yaxshi. (x2)

Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon.
Shohimardon tog`lariga chiqdim, bolajon,
Zilol-zilol suvlaridan ichdim, bolajon. {x2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shohimardon tog`lari
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2015