Ohunjon Madaliyev - Tog' lolasi

Oxunjon Madaliyev

Tog` lolasi

Esingdami, tog` lolasini
Ko`kragingga taqib qo`yganim,
Esingdami, dil navosini
Kuylab turib boqib qo`yganim.

Esingdami, buloq boshida
Ko`ylagingga suv sachratib men,
Kulib qochganingda o`shanda
Quvlab, kokilingdan tutganim.

Kulib qochganingda o`shanda
Quvlab, sochlaringdan tutganim.

Kechir meni, og`ritgan bo`lsam,
Ziyo zulfing ushlab, yuragim,
Kechir meni, ranjitgan bo`lsam,
Qora soching ushlab, yuragim.

Sho`xlik qilib tortibman bilsam,
Nozikkina, oppoq bilaging.
Sho`xlik qilib tortibman bilsam,
Nozikkina, oppoq bilaging.

Faqat yorim, sendan iltimos:
Gul sayriga boraylik yana,
Yillar ortga qaytsin, kel, biroz,
Kuylashaylik, yor, oshiqona.

Endi navbat seniki, mayli,
Ko`ylagimga suv sachratib o`t,
Lolazorda birga qolaylik,
Ne istasang, murodingga yet.

Lolazorda birga qolaylik,
Ne istasang, murodingga yet. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tog` lolasi
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 26, 2015