Ohunjon Madaliyev - Turkman qiz

Oxunjon Madaliyev

Turkman qizga uylanaman

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay o’ylanaman. (x2)
O’z yurtimning suluvlari gap uqmasa,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman. (x2)

Ko’zim tushsa, yuzlari lov-lov yonadi, {x2}
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,
Qirqilmagan kokillari to’lg’onadi,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman. {x2}

U elining urflarini qilmaydi xor,
Beshigi hech allasiga bo’lmaydi zor, (x2)
Qoshlarida momosining o’smasi bor,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman. {x2}

U ajralib turar turfa gul ichida,
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,
O’z tilida gapirmaydi til uchida,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Bir xil libos kiymish ko’rdim nechalari,
Oybaldog’i yaltiraydi kechalari. (x2)
Yashnab ketar yursa Toshkent ko’chalari,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Yashnab ketar yursa shahrim ko’chalari,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Go’shangaga kirganimda yorga yetib,
Menga o’lan so’ylab berar yodlar etib,
Bobolarim ruhlarini shodlar etib,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman.

Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay o’ylanaman.
O’z yurtimning suluvlari gap uqmasa,
Uzun ko’ylak turkman qizga uylanaman. {x3}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Turkman qizga uylanaman
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2015