• Oxunjon Madaliyev - Uzun ko'ylak (Turkman qiz 2)

    Oxunjon Madaliyev

    Uzun ko’ylak (Turkman qiz 2)

    Gunohmidi qay millatni sevish asli?
    Mitti yurak din tanlamas sevgi fasli. (x2)
    Turkman qiz ham turk otaning asl nasli, {x2}
    Yulduzxonim, rashk qilmangiz, zamon zayli,
    Or qilsangiz, uzun ko`ylak kiying mayli.

    O`zbek qizlar, rashk qilmangiz, zamon zayli,
    Or qilsangiz, uzun ko`ylak kiying mayli.

    Sochni qirqmang, kalta ko`ylak qurib ketsin,
    Turkistonga xonatlaslar to`lib ketsin,
    Sochni qirqmang, kalta ko`ylak qurib ketsin,
    O`z yurtimga xonatlaslar to`lib ketsin,
    Yomonlardan yuqqan odat o`lib ketsin, {x2}
    Yulduzxonim, menda xafa bo`ling mayli,
    Ammo uzun ko`ylak kiying, zamon zayli.

    O`zbek qizlar, menda xafa bo`ling mayli,
    Ammo uzun ko`ylak kiying, zamon zayli.

    Turkman qizni tanlaganim alam qilsin,
    Nima qilsa, o`shal qoshu qalam qilsin, (x2)
    Mayli yana Yulduzxonim ta’na qilsin,
    Mayli yana o`zbek qizlar sha’ma qilsin,
    Turkman qizga ko`ngil qo`ysam ko`z tufayli,
    Or qilsalar, uzun ko`ylak kiysin mayli.

    Turkman qizga ko`ngil qo`ysam ko`z tufayli,
    Or qilsalar, uzun ko`ylak kiysin mayli.

    Muhammadning gunohidan o`ting qizlar,
    Axir uni shoir qilgan o`zingizlar,
    Hofiz bola gunohidan o`ting qizlar,
    Axir uni hofiz qilgan o`zingizlar,
    O`zbekmisiz, o`zbekona kiying mayli, {x2}
    Bas, yetadi yevropacha moda sayli.

    O`zbekmisiz, o`zbekona kiying mayli,
    Bas, yetadi yevropacha moda sayli.

    Turkman qiz ham Muhammadning bahonasi,
    Kalta ko`ylak kiyganlarga kinoyasi.
    Turkman qiz ham hofiz bola bahonasi,
    Sochni qirqqan go`zallarga kinoyasi.
    Ahli islom, ahli idrok himoyasi, {x2}
    Kimni sevish aslidaku yurak mayli,
    Or qilsalar, uzun ko`ylak kiysin mayli.

    Kimni sevish aslidaku yurak mayli,
    Or qilsalar, uzun ko`ylak kiysin mayli.

    Aylanaman, Sharqni kezib, aylanaman,
    Uzun ko`ylak turkman qizga uylanaman. (x2)
    O`z yurtimning yulduzlari tushunmasa,
    Men baribir turkman qizga uylanaman.
    O`zbegimning go`zallari til bilmasa-yey,
    Uzun ko`ylak turkman qizga uylanaman. {x3}