Oxunjon Madaliyev - Yolg'iz ayol

Oxunjon Madaliyev

Yolg’iz ayol

Yeganin osh demang yolg`iz ayolning,
Shayton tovog`iga qo`lin soladi. (x2)
Dasturxon boshida dadasin qo`msab,
Yo o`g`li yo qizi yig`lab qoladi. (x2)

Yurganin yo`l demang yolg`iz ayolning,
Kiftiga malomat botib boradi. (x2)
Qo`sha jon qiynalib, tortolmay turgan
Aravani yolg`iz o`zi tortib boradi. (x2)

Tunlarin tinch demang yolg`iz ayolning,
Yo`qotgan uyqusin izlab qoladi.
Alahlab, dadasin chaqirsa qizi,
Alamdan yostiqni tishlab oladi.

U ayolda, demang, axir uning ham
O`z idroki bordir, yugurik qoni.
Til tekkiza ko`rmang uning sha’niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.

Til tekkiza ko`rmang uning sha’niga,
Quyoshga tenglashib bormoqda joni.

Yeganin osh demang yolg`iz ayolning,
Shayton tovog`iga qo`lin soladi.
Dasturxon boshida dadasin qo`msab,
Yo o`g`li yo qizi yig`lab qoladi. {x3}

Yig`lab qoladi, yig`lab qoladi…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’iz ayol
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 3, 2016