Oxunjon Madaliyev

Yolg’izim

Qalbimni xayollar maskan etsalar,
Qo’rqinchli shubhalar solsalar g’ulu, (x2)
Nogahon yulduzing so’ndi, desalar,
Yurakda g’alayon boshlasa tuyg’u,

O’kinchdan alamdan sarg’aysa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Do’stlarim mehridan bo’lganimda mast,
Ulkan bog’larida uchganda navo,
Tiyrak nigohimda qorli tog’ emas,
O’zbegim g’ururi bo’lganda paydo,

Gulu-chechaklarga burkansa yuzim,
Seni qo’msagayman takror, yolg’izim. (x2)

Hayhot-ki, ul tengsiz ko’zlar sehriga
O’zgalar og’zida to’qilsa ertak,
Qarab to’yolmasdan ko’zlar sehriga
Yorilmoq bo’lganda rashkdan bu yurak,

Bo’g’zimda qolganda oxirgi so’zim,
Seni qo’msagayman so’ng bor, yolg’izim. (x2)

Seni qo’msagayman so’nggi bor, yolg’izim. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’izim
Xonanda:
Oxunjon Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 16, 2014