• Olislardan xilpiragan go`shangamu,
    Seni kimga uzatishar ishonganim?
    Yor-yor aytar {x2} qizlarmu yo shum yangamu,
    Kechir endi, to`yingga men borolmayman,
    Kechir yorim, to`yingga men borolmayman.

    Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
    Bugun bizning ko`nglimizga ozor kelar. (x2)
    Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
    Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz-ey, kuydurasiz.

    Sho`x yangangiz qoshingizga qoshlar qo`shar,
    Bo`sh ko`nglimiz yoshimizga yoshlar qo`shar. (x2)
    Shohimardonsoy sizga o`xshab shoshqin bugun,
    Oshig`ingiz ko`z yoshidan toshqin bugun-ey, toshqin bugun.

    Ostonada biz uchun ham yig`lab keting,
    Zanjiriga muhabbatim bog`lab keting.
    Yor uyidan ko`rinmasin bo`ylarim-ey,
    Chimildiqdan o`tolmasin o`ylarim-ey.

    Mug`anniyning ohi sizga yetarmidi,
    Yetsa shuncha yig`loq g`azal bitarmidi?

    Bugun sizning uyingizga yor-yor kelar,
    Bugun bizning ko`nglimizga ozor kelar.
    Bugun sizni suymaganni suydurasiz,
    Sizga yozgan xatlarimni kuydurasiz-ey, kuydurasiz.

    Kuydurasiz-ey, kuydurasiz,
    Yondirasiz-ey, kuydurasiz. (x2)