• Yonib kelar bir pari,
    Sochin o`ynab, men sari. (x2)
    Qop-qora qosh, ko`zlari,
    Oydan tiniq yuzlari. (x4)

    Go`zallikning timsoli,
    Ayting, bu kimning yori? (x2)
    Gullar ko`rib qaddi dol,
    Ko`rganlarning aqli lol. (x4)

    Kelib holim so`rab qo`ydi,
    “Nechuksiz?”, deb kulib qo`ydi. (x2)
    Ey, lol-u, hayron qilib qo`ydi,
    Yuragimni olib qo`ydi.

    Lol-u, hayron qilib qo`ydi,
    Yuragimni olib qo`ydi. (x3)

    Olib qo`ydi, olib qo`ydi, olib qo`ydi…

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.