Isming nedir, guloyim,
Asta kuldi muloyim. (x2)
Seni derman, ey oyim,
Noz-u ishvaga boyim. (x2)

Dilimni maftun etding,
Bir zumda afsun etding.
Ishqingda junun etding,
Dilda qiyomat-qoyim. {x4}

Qalbim edi qorong`u,
Kirding sen bo`lib ko`zgu.
Hayotim yoritguvchi,
O`zingsan qamar oyim.

Go`zal Otush qizisan,
Oyisan, yulduzisan.
Qoshlari qunduzisan,
Kiprigi o`q, qoshi yoyim. {x2}

Isming nedir, guloyim,
Asta kuldi muloyim. (x2)

Ey qizlarning lobari,
Qomati sanobari.
Kulishlari shalola,
Xuddi sharqiroq soyi.

Orzum guli jamoling,
Labing asaling boling,
Rafiqing der visoling,
Nasib etsin, iloyim. {x2}

Isming nedir, guloyim,
Asta kuldi muloyim. (x6)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Guloyim
Xonanda:
Oybek Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017