Ishqingda mendek kim notavondur?
Rangim g`amingdin tim zafarondur. (x2)

Fikrida la’ling dil to`la qondur, {x2}
Hajringda ey yor, korim – fig`ondur. {x2}

Qilgil nazora janon menga ham,
Kim yengdi oxir yolg`iz topib g`am? (x2)

Tokay qilursan ohu kabi rom? {x2}
Ortiq judoliq dardin damo-dam. {x2}

Bo`lgil na yerda bo`lsang salomat,
Umringni qilsin Tangrim davomat. (x2)

San mandin etding toqati ulfat, {x2}
Ul lola yanglig` bag`rimda qat-qat. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishqingda
Xonanda:
Oybek Hamroqulov
Muallif:
Sidqiy Xondaylahiy
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 9, 2017