• Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur,
    Alamni mo`l, farog`atni kam keltirur,
    Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.

    Oshiq ulki – dunyo bilan bo`lmas ishi,
    Ohu izlar, tovuslarni ilmas xushi,
    Uni Olloh tushungaydir, bilmas kishi,
    Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.

    Dardmand o`zi, dard ham o`zi devonadur,
    Har joy borsa, mardum ichra so`zonadur,
    Ajab yo`kki, shodlik uchun begonadur,
    Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.

    Ey do`stlarim, Boburdan g`am hech ketmadi,
    Hamma bildi, bir pariga lek yetmadi,
    Dilni shod-u, ko`zni ravshan voh etmadi,
    Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.

    Oshiq bo`lmangki, oshiqlik g`am keltirur,
    Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.