• Oybek Hamroqulov – O'xshamaydi

    Oybek Hamroqulov

    O’xshamaydi

    Dunyo bilib turganing o`xshamaydi dunyoga,
    Ko`zing ochib ko`rganing o`xshamaydi ro`yoga.

    Kajraftorning dastidan, zag`chalarning qasdidan
    Bulbul karaxt, bezabon, o`xshamaydi go`yoga. (x2)

    Go`yoga, go`yoga, o`xshamaydi go`yoga,
    Bulbul karaxt, bezabon, o`xshamaydi go`yoga.

    Ko`ngil guli ham nolon, anisi yo`q mehribon,
    Bag`riga to`lib tikon, o`xshamaydi ra`noga.

    Noyob vafo qissasi, bisyor jafo qissasi,
    Ko`plar so`zi lof erur, o`xshamaydi ma’noga.

    Ma’noga, ma’noga o`xshamaydi ma’noga
    Ko`plar so`zi lof erur, o`xshamaydi ma’noga.

    Majnunlar ham g`alati, o`zin sevmoq – san’ati,
    Laylolar ham, vo ajab, o`xshamaydi Layloga. (x2)

    Ishqning bo`lmas davosi, jondan kechmoq ravosi,
    Dil xizmati mo`l nozik, o`xshamaydi savdoga. (x2)

    Savdoga, savdoga o`xshamaydi savdoga,
    Dil xizmati mo`l nozik, o`xshamaydi savdoga.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.