Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman? (ey jonim) (x2)
Ranjitmagin, sevgili yorim,
Sensiz, qara, shamdek yonarman. (x2) (ey jonim)

Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman, ey jonim?
Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman?

Ishq o`rtamish jismu-jonimni,
Xumor ko`zim giryon etarman.
Sho`x kuy bilan gulzorga kirib,
Senga atab gullar terarman.

Sho`x kuy bilan gulzorga kirib,
Senga atab gullar terarman, ey jonim.

Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman, ey jonim?
Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman?

Vafo aylab, tashrif buyurgin,
Sadoqating har dam tilarman.
Tabassumda chehrangni ochib
Tursang hatto qalbim berarman.

Tabassumda chehrangni ochib
Tursang hatto qalbim berarman, ey jonim.

Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman, ey jonim?
Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman?

Kelgil, hayot gashtin suraylik,
O`tkinchi umrimiz, bilarman.
Muhabbating kuychisi bo`lib,
Sayfiy bir umrga qolarman.

Muhabbating kuychisi bo`lib,
Sayfiy bir umrga qolarman, ey jonim.

Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman, ey jonim?
Oy yuzing istab yonib yurarman,
Gulzoringga qachon qo`narman?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Oy yuzing
Xonanda:
Oybek Hamroqulov
Muallif:
Sayfiy
Bastakor:
Bobomurod Hamdamov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016