Shohigulu nastarin yod berur bo`yidan,
Atrini mushki xo`tan kasb qilur mo`yidan. (x2)

Gul yuzingdan munfayz, sarv qadingdan xijil, {x2}
Rang olur muttasil lolayu gul ro`yidan. {x2}

Jonga qilur yuz sitam ko`nglima yuz oncha ham,
Ko`z oqizur seli g`am sho`xi balo jo`yidan. (x2)
Ko`z oqizur seli g`am sho`xi balo jo`yidan.

Ravzaga gar yetgamen onsiz oni netgamen,
Mumkin emas ketgamen ul qaro ko`z ko`yidan.

Garchi qilur yuz karam, vasli erur muhtaram, {x2}
Lek base qo`rqaram, Bobur oning xo`yidan. {x2}

Shohigulu nastarin yod berur bo`yidan,
Atrini mushki xo`tan kasb qilur mo`yidan.

Gul yuzingdan munfayz, sarv qadingdan xijil,
Rang olur muttasil lolayu gul ro`yidan. {x2}

Shohigulu nastarin yod berur bo`yidan…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shohigul
Xonanda:
Oybek Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016