Oybek va Nigora - Aylanaveradi (Afsus bilmaysan)

Oybek va Nigora

Aylanaveradi

Yuragidan sevgan inson bilar –
Ishqning dardi bedavo.
Sevgisidan ko’ngling qolsa hamki,
Sog’inchi ketmas aslo.

Menga hadeb ozor berish yo’lini
Ko’p o’ylama, bu oddiy:
Ovozingni bir kun eshitmasam,
Shuning o’zi yetarli.

Aylanaveradi, aylanaveradi,
Ko’ngling o’ylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga bo’lgan sog’inchlaring
Ko’nglingni qiynayveradi.

Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yo’q, dilning qalbida yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat o’zi uchun sevib yashar.

Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Mag’rur qalbimning qalbida sensan. (x2)

Aylanaveradi, aylanaveradi,
Ko’ngling o’ylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga bo’lgan sog’inchlaring
Ko’nglingni qiynayveradi.

Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yo’q, yuragimda yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat o’zi uchun sevib yashar.

Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Mag’rur qalbimning qalbida sensan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aylanaveradi
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 17, 2015