Oy nuriga yulduz ilhaq,
Samolar nedan nohaq?
Bemador tanda bu yurak,
Sensiz onlarni sanayman.

Qaytaqol, qiynamagin,
Bedavoman kun sayin.
Qandayin sog’inmayin?
Vaslingni tongda so’rayman.

Ko’rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O’ylab yod etaman seni qo’msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo’l faqat.
Yolg’iz vasling istab,
Yondim habibam. (x2)

Oy ruhsoringga men shaydo,
Hasratdan sabrim ado.
Hijron azobi aro,
Alamlarim yengolmayman.

Tanho dilga manzursan,
Ko’zlarimdagi nursan.
Yuragimga huzursan,
Sensiz taskin topolmayman.

Ko’rsat ishqingni hamrohim aylab,
Porlab baxtdan taralsin ziyo.
O’ylab yod etaman seni qo’msab,
Kuylab vaslingni yor.

Yorimsan to abad,
Yonma-yon bo’l faqat.
Yolg’iz vasling istab,
Yondim habibam. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Habibam
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 24, 2015