Ko’chalarni kezaman endi seni deb,
Devona qalbim yonar o’zingni deb.
Esar shamol ham, yomg’irlar tomchilar,
Bu tomchilar yuragim parchalar.

Parchalangan yurak, yolg’iz qoldim,
Seni aniq bir umrga yo’qotdim.
Endi yo’qsan ko’z o’ngimda bir umr,
Baxtli qilolmadim, meni kechir.

Kechir, sen meni kechir,
Sen meni kechir,
Hayotim o’zganing qo’lida. (x2)

Soyabon ostida kezar bu ikki qalb,
Bir-birini asrab, baxtini qilib kam.
Ne bo’ldi, birdan turib shamol uchirdi,
Sevgi parchalab, to abad o’chirdi.

Ko’chirdi tanadan yurakni, endi ne bo’lar?
Ne bo’lsa bo’lar, yuraksiz tanadir aniq o’lar.
Baxtimni izlab, uni baxtli qilmasam,
Nega keldim bu hayotga uni kechirolmasam?

Kechir, sen meni kechir,
Sen meni kechir,
Hayotim o’zganing qo’lida. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechir
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 16, 2014