Oybek va Nigora - Nahori nashta (Erta bilan turaman)

Oybek va Nigora

Nahori nashta

Erta bilan turaman,
Nahori nashta-yey, nahori nashta. (x2)
O`ng qo`limda ignayu,
Tizzamda kashta-yo, tizzamda kashta. (x2)

Mening sevgan yorginam
O`n sakkiz yoshda-yey, o`n sakkiz yoshda, (x2)
Boraveradi, kelaveradi,
Va’dasi boshqa-yey, va`dasi boshqa. (x2)

Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
Mehr bilan menga qarang,
Vafoli yorim-a, vafoli yorim. (x2)

O`yinga tushgan qizchaning
Nozi chiroyli-ga, nozi chiroyli, (x2)
O`ng yuziga yarashgan
Xoli chiroyli-ga, xoli chiroyli. (x2)

Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
Mehr bilan menga qarang,
Vafoli yorim-a, vafoli yorim. (x2)

O`yinga tushgan qizchaning
Yori bo`lsamchi-yey, yori bo`lsamchi, (x2)
O`ng betiga yarashgan
Xoli bo`lsamchi-yey, xoli bo`lsamchi. (x2)

Ey nozli yorim, ko`zi xumorim,
Mehr bilan menga qarang,
Vafoli yorim-a, vafoli yorim. (x2)

Erta bilan turaman,
Nahori nashta-yey, nahori nashta. (x2)

Borib ayting o`shal
Qalami qoshga-yo, qalami qoshga,
Ho, boraveradi-kelaveradi,
Va’dasi boshqa-yo, va’dasi boshqa.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nahori nashta
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 10, 2016