Oybek va Nigora - Shirintoyim qo'shiq matni, lyrics

Oybek va Nigora

Shirintoyim

Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Asta-asta qadam tashlagin, jonim bolam,
Kulib yur, kulsang gar yorqinroq, go`zal olam.
Bu oyim, bu adam, deganing tinglaganda
Qanday shukrona aytmagin, ayt Egam?

Shahdam-shahdam qadam tashla, mag`rur o`g`lonim,
Inson bo`l, chinakam mard bo`lgin, pahlavonim.
Oilam qo`rg`oni, yurtimning bek sultoni,
Buyugim bergan baxtim – o`g`lonim.

Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Jonajon, jon bolam, so`zlari mehrigiyo,
Yolg`izim, yagonam, nigohimdagi ziyo.
Taxtli bo`l, baxtli bo`l, omon asrasin Xudo,
Sen bilan munavvar bu dunyo.

Mehribon jon o`g`lim, ko`zlarimning gavhari,
Buvisining, dodasining jajjigina erkasi.
Tug`ilgan kuning bugun, quvonchga to`la bu kun,
Borligimiz, boyligimiz sen uchun.

Shirintoyim, tavallud kuning bugun,
Eng sara sovg`a-salomlar sen uchun.
Oyijoning erkasi, adajoning ertasi,
Hayotimiz mazmunisan biz uchun.

Erkatoyim, tavallud kuning bugun,
Sho`x sadolar jaranglaydi sen uchun.
Baxtimiz kelajagi, sog`liging – eng keragi,
Bu qo`shig`imiz hadyadir sen uchun.

Ushbu qo`shiq matni uchun Layla Rolaga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shirintoyim
Xonanda:
Oybek va Nigora
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 20, 2018