• Oybek va Nigora - Uchrashuvim bor

    Oybek va Nigora

    Uchrashuvim bor

    Oynaga qarayman, sochlarimni chiroyli tarayman,
    Ozgina hayajonda soatlarni sanayman.
    Ko`rganda balkim yoqib qolar u qiz menga ham,
    Tabiiyki, men ham unga juda-juda yoqaman.

    Oynaga qarayman, sochlarimni chiroyli tarayman,
    Ozgina hayajonda soatlarni sanayman.
    Ha, balki yoqib qolar u qiz menga ham,
    Tabiiyki, men ham unga juda aniq yoqaman.

    Uchrashuv, uchrashuvim bor,
    Kayfiyat zo`r, guldasta tayyor.
    Do`stim, senga aytaman takror,
    Uchrashuvim, uchrashuvim bor. (x2)

    Oynaga qarayman, pardozga unchalik urinmayman,
    Shundoq ham yoqaman, u yoqadimi bilmayman.
    Soatga qarayman, kutar endi kech qolsam ham,
    Uchrashuvga chiqishga to`g`risi uyalaman. (x2)

    Uchrashuv, uchrashuvim bor,
    Kayfiyat zo`r, yurmayman bekor.
    Dugonajon, aytaman takror,
    Uchrashuvim, uchrashuvim bor. (x2)

    Uchrashuv, uchrashuvim bor,
    Dugonajon, aytaman takror,
    Uchrashuvim, uchrashuvim bor.

    Uchrashuv, uchrashuvim bor,
    Kayfiyat zo`r, guldasta tayyor.
    Do`stim, senga aytaman takror,
    Uchrashuvim, uchrashuvim bor.

    Dugonajon, aytaman takror,
    Uchrashuvim, uchrashuvim bor.

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.