• Oybek va Nigora - O'zbek xalq termalaridan

    Oybek va Nigora

    Xalq termalaridan

    Voy, nimalar devdim sizga,
    Yana nimalar devdim sizga. (x2)

    Bozorga boray dedim-o, borolmadim,
    Rohatlar qilay dedim-o, qilolmadim.
    Sevib qolgan yorimni, yana sevib qolgan yorimni,
    Bir bora ko’ray dedim-o, ko’rolmadim. {x2}

    O zam-zam, o zam-zam, qizlar kelodi, zam-zam,
    Ro’molini yopinib-o, qizlar kelodi, zam-zam. (x2)
    Aka-aka, akajon-ay, toqqa chiqqim kelodi, {x2}
    Tog’da guldasta yasab-o, sizga bergim kelodi. {x2}

    Yallama yorim yallola, yallolashaylik,
    Uchtami to’rtta bo’lvolishib, hasratlashaylik.
    Yallama yorim yallola, yallolashaylik, yallolashaylik,
    Uchtami to’rtta bo’lvolishib, hasratlashaylik. {x2}

    Hay, yor-yor, yoringman, kelgin yor, o’ynaylik, {x2}
    Man sani sevgan yoringman, kelgin yor, o’ynaylik. {x2}

    O’yna-o’yna men ko’ray, kelgin yor, o’ynaylik,
    Boshingga gullar o’ray, kelgin yor, o’ynaylik.
    Sezaman, sevgan yoringman, kelgin yor, o’ynaylik,
    Bilaman, sevgan yoringman, mayli yor, o’ynaylik,

    Qosh ostida ko’zingiz, nima-nima-nima deysiz?
    Oshno bo’lgan o’zingiz, yana nima-nima deysiz?
    Oshnolikka chidolmay, nima-nima-nima deysiz?
    Tashlab ketgan o’zingiz-o, tashlab ketgan yuzingiz.
    Oshnolikka chidolmay-ey, tashlab ketgan o’zingiz.

    Oshiq bo’ldim o’zingga, nima-nima-nima deysiz?
    Qoshi bilan ko’zingga, yana nima-nima deysiz?
    Aytolmadim yuzingga, nima-nima-nima deysiz?
    Insof bersin o’zingga-yey, insof bersin o’zingga.

    Aytolmadim yuzingga-yey, insof bersin o’zingga. {x3}