• Oybek va Nigora - Xohlamayman

    Oybek va Nigora

    Xohlamayman

    Xohlamayman, xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman.
    Vay-vay man xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman.

    Boshqacha bo`lgan ediku va’dalar,
    Endi birdaniga bo`ldiku yo`q.
    Qayerda qoldi shirin munosabat?
    Baqir-chaqirdan boshqasi yo`q.

    E yo`q, be yo`q,
    Yana kelisholmay qoldikmi bir vaqt?
    Yuguraman, yelaman, qaragin-ey,
    Fe’ling men uchun ortiqcharoq.

    Xohlamayman, xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman.
    Vay-vay man xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman.

    Qachongacha davom etar bu zardalar,
    Endi shirin so`zdan asar ham yo`q.
    Qaylarda qoldi chiroyli guldastalar,
    Hatto oddiy e’tibor ham yo`q.

    E yo`q, be yo`q,
    Yana kelisholmay qoldikmi bir vaqt?
    Yuguraman, yelaman, qaragin-ey,
    Fe’ling men uchun ortiqcharoq.
    Xohlamayman, xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman.
    Vay-vay man xohlamayman, xohlamayman,
    Bunday munosabat bo`lishini istamayman. (x1+x1)