• Radius 21 ft. Oybek & Nigora va Murod Rajabov - Yetti haykal bitta kal (soundtrack)

    Oybek va Nigora, Radius 21

    Yetti haykal bitta kal

    [Radius 21]
    Raqobat oqibatida sifatga
    Bir qanaqadir ehtiyoj baland.
    Haqiqiy talant egalari bor, (вообще)
    Yuqori san’at ustalari bor.

    Har biri borib-borib ko`rinadi ko`zga,
    Vaqt hakam, ishla, gazni bos, ukam.
    “Хоп давай-давай”, “хоп давай”,
    Qani murod-maqsadiga,
    Besh, olti, yetti, “хоп давай”.

    [Oybek va Nigora]
    Onda-sonda, ya’ni birma-bir,
    Ya’ni birma-bir, ya’ni birma-bir,
    Har zamondagina bir gapir,
    Doim bir gapir, kamroq gapir.

    Bo`ldi qil, ko`p bidirlama,
    Ko`p bidirlama, ko`p bidir-bidir.
    Tik qot joyingda, qimirlama, stop,
    Qimirlama, stop, qimirlama.

    [Radius 21]
    Manmikan mahay? Kalmikanmiman?
    Oq tanli yo qizil tanlimanmiman? (x4)

    [Murod Rajabov]
    Bu mani shamollarim, yelkanlarni to`ldirgan,
    Bu mani hayotim, manga bir bora berilgan.
    Bu mani nasibam, peshona terim to`kilgan,
    Bu mani vazifam, zimmamga yuklatirilgan.

    Bu mani “запорожец”im ko`chalarni changitgan,
    “Bumer” olmoqchi edim, Серёга mani aynitgan.
    Kimlarni pul, kimlarni iste’dodi tanitgan,
    Barmog`im beshta, lekin har xil qilib yaratgan.

    [Oybek va Nigora]
    Qarang-qarang, mana ustasifarang,
    Ana so`rang-so`rang, buni hamma bilishadi.
    Qarang-qarang, mana ustasifarang,
    Ana so`rang-so`rang, buni hamma bilishadi.

    [Radius 21]
    Manmikan mahay? Kalmikanmiman?
    Oq tanli yo qizil tanlimanmiman? (x4)

    [Oybek va Nigora]
    Onda-sonda, ya’ni birma-bir,
    Ya’ni birma-bir, ya’ni birma-bir,
    Har zamondagina bir gapir,
    Doim bir gapir, kamroq gapir.

    Bo`ldi qil, ko`p bidirlama,
    Ko`p bidirlama, ko`p bidir-bidir.
    Tik qot joyingda, qimirlama, stop,
    Qimirlama, stop, qimirlama.

    [Radius 21]
    Manmikan mahay? Kalmikanmiman?
    Oq tanli yo qizil tanlimanmiman? (x4)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.