[Oyxon Iforzoda]
Ko’zlaringdan uzoqlashsam ham,
Ko’nglingdan sening ketish mushkuldir.
Tuyg’ularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Xotiralar o’tmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
[Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Ishonib yoshga bo’lmagin tushkun,
Suyangin bardoshga, qilgin tabassum.
[Oyxon Iforzoda]
Ishonarman gar, kechma orzudan,
Kechirma meni, lek kechmagin mendan.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Xotiralar o’tmishdan elchi,
Sevmoq – hurlik taxtidir.
Bu dunyoni asrab turuvchi
Odamzodning ishqidir.
Bilgin jonim, bu taqdir.

[Sherzod Bek]
Ko’zlaringdan uzoqlashsam ham,
Ko’nglingdan sening ketish mushkuldir.
[Oyxon Iforzoda]
Tuyg’ularim tongday muazzam,
Ishq qalbimdan ufurgan guldir.

[Sherzod Bek]
Sevmoq – hurlik taxtidir.

[Sherzod Bek & Oyxon Iforzoda]
Bilgin jonim, bu taqdir.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bu taqdir
Xonanda:
Oyxon Iforzoda, Sherzod Bek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2014