• Sokin tun bag’riga chorlaydi
    Ishq afsunlari,
    Yurakda yonadi
    Shu damda baxt uchqunlari.

    Ko’zlarim qarolmaydi
    Endi sening ko’zingga,
    Yulduzlar guvoh bo’ldi
    Bugun dil izxoringga.

    Hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.

    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.
    Negadir hayajonda…

    Bir qadam bizni ajratar,
    Hayajonda titrar lablar,
    Hislarim jo’sh urar buncha –
    Sevib qoldim menimcha.

    Ko’zlarim qarolmaydi
    Endi sening ko’zingga,
    Yulduzlar kutadi javobim
    Dil izxoringga.

    Hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.

    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.
    Negadir hayajonda…
    (Hayajonda, hayajonda…)

    Talpinib senga beixtiyor
    Tuyg’ularim aylay oshkor,
    Go’zal baxtim, muhabbatim
    Uchratdim ilk bor.

    Hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.

    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Sening yoningda.
    Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
    Aytgan so’zingdan.
    Negadir hayajonda…

    (Hayajonda, hayajonda…)