Oyxon Iforzoda - Shama keladi choydan

Oyxon Iforzoda

Shama keladi choydan

Qirlarga to`ldi dorim,
Ko`tarildi g`uborim,
Unda ko`rk yoyib turar
Cho`pon bergan ro`molim.

Dilim tor sen tufayli,
Sevaman misli Layli.
Xumor, xumor, xumorman
Bilsang, bilmasang mayli.

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda? (x2)

Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?

Rahm qil unga cho`pon,
Unda turmasin to`fon.
Yo`llaringga intizor
So`lsinmi guling Oyxon?

Rahm qil jonim cho`pon,
Chiqib ketmasidan jon.
Yo`llaringga intizor
So`lsinmi guling Oyxon?

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda? (x2)

Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda? (x2)

Istab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shama keladi choydan
Xonanda:
Oyxon Iforzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 1, 2016