Qora cho`g`larimdan qoraydi hijron,
Yosh bilan yuvildi qayrilma mujgon.
Yurak talpinadi yolg`iz sen tomon,
Sensiz kelar bo`lsa, bahorim yolg`on.

Muhabbat bog`ladi yuragimizni,
Nurga cho`miltirdi tilagimizni.
Sevib sehrlangan ertagimizni
Sog`inib kelmasa, nahorim yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Asrasin joningni sevgim tumori,
Oshufta ko`nglimning sultoni, bori.
Uzilmasin ishqning sozlangan tori,
Agar saqlolmasa, qarorim yolg`on.
Yolg`on, yolg`on…

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Kelarsan nur bo`lib gulistonimga,
Barham berib dardli ohu-zorimga.
Kutaman toqatlar tilab jonimga,
Shunda bo`lar bari armonim yolg`on,
Yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin.

Sen mening yurakda oqqan qonimsan,
Jonim sezolmayman – tanda jonimsan.
Sog`inch o`ldirmasdan kel, madorimsan,
Kelmasang, quyoshli osmonim yolg`on.

Asrasin-asrasin, Allohim asrasin,
Joningni yomondan Tangrim asrasin. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Asrasin
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 12, 2018