Ozoda Nursaidova (Saidzoda) - Ehtiyojim bor

Ozoda Nursaidova

Ehtiyojim bor

Senga muhtoj bo’lmasam,
Kuyarmidi dardingda yurak?
Ko’zlarim izlar seni,
Unga sen kerak.
Endi yo’qsan, kimga sig’inay?
Hech narsam qolmadi, yodingdan bo’lak.

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Ko’p qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x2)

Sog’insa “oh” deya yonarkan yurak,
Ko’zingdan kaftimga tomarkan yurak.
Dunyoning bori-yu, yo’gidan bo’lak,
Menga sen kerak, faqat sen kerak.

Bir boshimga ne qilay,
Ayt, yana qancha kuyay?
Har kuni bir o’lgandan
Kelsang qo’lingda o’lay. (x2)

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Ko’p qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x2)

Yolg’izlik azobi o’ldirdi meni,
Nahot taqdir ayri, yo’limiz ayri?
Yuragim seniki, senga muhtojman,
Har lahza ezarkan ayqiliq zaxri.

Bir boshimga ne qilay,
Ayt, yana qancha kuyay?
Har kuni bir o’lgandan
Kelsang qo’lingda o’lay. (x2)

Alamlarim dor-dor,
Yurak senga zor-zor,
Ko’p qiynading jonim,
Senga ehtiyojim bor. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ehtiyojim bor
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 17, 2013