Ko`zlaring aytadi – sevasan,
Jon desam, joning berasan.
Yuraging yolvorib so`ragan
Habibing menman, bilasan. (x2)

Go`zal sevgi bor, jonim,
Ko`nglimda bahor, jonim.
Qayga qadamim bossam,
Ochilar gulzor, jonim. (x2)

Bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.
Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.

Boshqasi mendek bo`lmas,
Bo`lsa ham, ko`ngling to`lmas.
Man degan qosh-u qalamlar,
Mingtasi mendek bo`lmas. (x2)

Jonimga yoqadi ishq,
Qonimda oqadi ishq.
Kunduzi, oppoq tunda
Oy bo`lib boqadi ishq. (x2)

Bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi.
Voy, voy, voy, bor bittasi – joning erkasi,
Oh, qalbingning qirolichasi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qirolicha
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 13, 2018