Men nima topibman dunyoga kelib,
Sizdan-da sevimli, sizdan-da aziz? (x2)
Ko`z-ko`z qilmoqlikka, maqtashga arzir,
Savlatim ham sizsiz, davlatim ham siz!

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.

Bedor o`tkazgan har tuningiz haqqi,
Meni deb kuyingan kuningiz haqqi, (x2)
Oylaringiz haqqi, yilingiz haqqi,
Sizga fido bo`lsin, jonim onam-a.

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.

Sizdan boshqa har kim aldagani rost,
Alam quzg`un bo`lib talagani rost,
Yer bosib yuribman, osmonni ko`rib,
Sizning duoyingiz asragani rost.

(Kuni kecha bilib-bilmay ranjitib qo`ydim,
Bugun ich-ichimdan afsuslansam kam.
Negadir, negadir uzrlarga tilim bormadi,
Ertaga, ertaga ruhim tilga kirganda,
Ertaga ruhim tilga kirganda qanday javob beraman?

Onamsan, onamsan, qalbimni mehringga to`ldir,
Garib farzandingga shuldir inoyat.
O, munosib kuyching bo`lish mushkuldir,
Seni kuylamaslik esa jinoyat!)

Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Nomusim onam-a, orim onam-a.
Oftobim onam-a, oyim onam-a,
Dardlarim oqizarim soyim onam-a.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onam
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 1, 2016