Kulgichimga botib ketgan kulgularim,
Kiprigimdan o`tolmagan uyqularim,
Beozorim, yaralgan ohularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim.

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Sariq yaproq yuzingizning rangimidi?
Hasratingiz yuragimning zangimidi? (x2)
Mozoringiz men sho`rlikning bag`rimidi?
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2)

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Bermagayman sizni armon qo`llariga,
Kuy bo`lasiz baxtning biyron tillariga, (x2)
Yo`llagayman sizni jannat yo`llariga,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2)

Orzu, orzularim,
Qayg`u, qayg`ularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim,
Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim.

Orzu, orzularim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Orzularim
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 8, 2016