Yor-yor aytmang, yor-yor,
Qalbim yig`lar, yor-yor,
O`lan aytmang, yangalar,
Yurak qaqshar zor-zor. (x2)
Yurak yig`lar zor-zor.

Hay-hay o`lan, jon o`lan,
Kim sevmagan, yor-yor,
Bir gul edim ko`z kuygan,
Qo`l tegmagan, yor-yor. (x2)

Qomatiga qul bo`lgan
Men yuzlari qaro qiz,
G`am qolmadi dunyoda
Men kormagan, yor-yor. (x2)

Yor-yor aytmang, yor-yor,
Qalbim yig`lar, yor-yor,
O`lan aytmang, yangalar,
Yurak qaqshar zor-zor. (x2)

Men o`lanning dardini
Totayapman, onajon,
O`z ko`ksimga o`zim tosh
Otayapman, onajon. (x2)

Sevganimga baxt tilab,
Ko`hna dunyo ko`shkiga
Qaytib chiqmas oy bo`lib,
Botayapman, onajon. (x2)

Yor-yor aytmang, yor-yor,
Qalbim yig`lar, yor-yor,
O`lan aytmang, yangalar,
Yurak qaqshar zor-zor. (x2+x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Ozoda Nursaidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2016