Yog`ildi sel bo`lib yomg`ir,
Bag`rimni ko`z yoshi ko`mdi.
Yog`ar tinmay ketidan qor,
To`xtamay yog`aver, oppoq qor.

Osmondan pichir-pichirlab,
Yerlarni mayin sehrlab,
Arshdan yuz ming, yuz minglab
Yog`ar qor.

Bu oqlik nur – yordan habar,
Har parchasida farishtalar.
Bir hasratimga ming rahmat-la
Yog`ar qor.

Hayratdan muz bo`lib qotsin
Armon, alam, afsuslarim.
Mehr urug`in siylagin, qor,
Gullatib, yashnatib kel bahor.

Osmondan pichir-pichirlab,
Yellarni mayin sehrlab,
Arshdan yuz ming, yuz minglab
Yog`ar qor.
Bu oqlik nur – yordan habar,
Har parchasida farishtalar.
Bir hasratimga ming rahmat-la
Yog`ar qor. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qor
Xonanda:
Ozodbek Ibragimov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2018