• Ozodbek Nazarbekov - Ajab holat emasmu

    Ozodbek Nazarbekov

    Ajab holat emasmu

    Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
    Bo`ldi yana begona, ajab holat emasmu? (x2)

    Bexudlig`-u savdo bila qildi meni mashhur,
    Ul ko`zlari mastona, ajab holat emasmu?

    Qil uchig`a, ey voyki, yetmas mening ilgim,
    Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

    Ul huri pari chehra qarab ko`z uchi birla,
    Qildi meni devona, ajab holat emasmu?

    To`yg`uncha ko`zum ko`rmas ekach tushta xayoling,
    Bo`ldi so`zum afsona, ajab holat emasmu?

    Bir kun meni giryon elina tushmadi hargiz,
    Ul gavhari yakdona, ajab holat emasmu?

    Usruk ko`zu la’li meni o`lturgali, Lutfiy,
    Bo`lmish yeri mayxona, ajab holat emasmu?

    Qil uchig`a, ey voyki, yetmas mening ilgim,
    Zulfini tutar shona, ajab holat emasmu?

    Ul huri pari chehra qarab ko`z uchi birla,
    Qildi meni devona, ajab holat emasmu?

    Boqmas manga jonona, ajab holat emasmu?
    Bo`ldi yana begona, ajab holat emasmu?