Sog`inch yomon, qo`ymas omon,
Borolmayman ishdan ortib.
Erta debon, indin debon,
Vaqt umrimiz olar tortib.

Yuragingiz ohi menman,
Ko`nglingizning dog`i menman.
Kunduzingiz qaro qilgan,
Sochingizning oqi menman!

Allo, ona, onajonim,
Sog`inchingiz o`tdi jondan.
Lek bormoqqa yo`q imkonim,
Kuyinmang men notavondan.

Allo, ona, jonim onam,
Yuribman tog` deya qirni.
Allo, ona, jonim onam,
Kechiring men bemehrni!

Parvonaman sal yilt etib,
Qaylardadir nur porlasa.
Borgaydirman darrov yetib,
Olislardan yor chorlasa.

Siz ko`nasiz shu borimga,
Quvonchingiz aritdim men.
Mushtoq aylab diydorimga,
Ona, sizni qaritdim men!

Allo, ona, onajonim,
Sog`inchingiz o`tdi jondan.
Lek bormoqqa yo`q imkonim,
Kuyinmang men notavondan.

Allo, ona, jonim onam,
Yuribman tog` deya qirni.
Allo, ona, jonim onam,
Kechiring men bemehrni!

Allo, ona, onajonim,
Sog`inchingiz o`tdi jondan.
Lek bormoqqa yo`q imkonim,
Kuyinmang men notavondan.

Allo, ona, jonim onam,
Yuribman tog` deya qirni.
Allo, ona, jonim onam,
Kechiring…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Allo ona
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2016