Oh, bu na sir, (hova)
Jona ta’sir. (hova) (x2)
Lazgimizdan qoymasin
Asir-asir-ey. (hova) (x2)

Og`alar, bu hazlikdan
Yurak jo`sha galdi.
Bazm-u navo lazgidan
Voxdimiz xusha galdi.

Qosh uchurub, go`z suzub,
Yurakkinamni uzub, (x2)
Raqqosaxon nozina
Noz qo`sha-qo`sha galdi. (x2)

Oh, bu na sir, (hova)
Jona ta’sir. (hova) (x2)
Lazgimizdan qoymasin
Asir-asir-ey. (hova) (x2)

Raftak, raftaka, rapak,
Durmanglar chalib chapak. (x2)
O`ynanglar bo`lib changak,
Kiyib cho`girma telpak. (x2)

Oh, bu na sir, (hova)
Jona ta’sir. (hova) (x2)
Lazgimizdan qoymasin
Asir-asir-ey. (hova) (x2)

O`zbek to`yining fayzi,
Jon-u dilingning hazi, (x2)
Chalinsa agar lazgi,
Asir-asir-ey, hova.

Oh, bu na sir, (hova)
Jona ta’sir. (hova) (x2)
Lazgimizdan qoymasin
Asir-asir-ey. (hova) (x2)

Suphalinda hangina
Qayroqni oling yana. (x2)
Jon giradi taningga,
Asir-asir-ey. (hova)

Oh, bu na sir, (hova)
Jona ta’sir. (hova) (x2)
Lazgimizdan qoymasin
Asir-asir-ey. (hova) (x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Asir-asir
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2017