• Qalbimni qiynaydi quzg`un savollar,
    Nahotki, sizda yo`q shirin xayollar?
    Qalbimni tirnaydi quzg`un savollar,
    Nahotki, sizda yo`q shirin xayollar?
    Chaqinning umricha dunyoda sizga,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Oyday chiroyingiz dardlarga malham,
    Lek unga quvonib yurmang sira ham.
    Me’yoridan oshsa, yoqmas shira ham,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar? {x2}

    Sizlar asli baxtning poydevorisiz,
    Butun bir millatning sha’ni, orisiz.
    Nechun dilingizning dil ozorisiz,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Hamma ro`zg`orda ham kamu-ko`st bo`lar,
    Shundan dono ayol shirin so`z bo`lar,
    Shunda baxt sizlarga doim do`st bo`lar
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Erni er qilguvchi mushfiq yor bo`ling,
    Bir oz og`ir bo`ling, xokisor bo`ling,
    Umringiz o`tmoqda, tez hushyor bo`ling,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Atrofga bir boqing, naqd ko`rinadi,
    Turmushli ayolda ahd ko`rinadi,
    Yig`lasa, yoshida baxt ko`rinadi,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Yolg`izlik birgina yaratganga xos,
    Sizdan qizingizga baxt bo`lsin meros, (x2)
    Yolg`izlikka ko`nib qolmang, iltimos,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    O`zingiz bir yonda, yoringiz bir yon,
    Aro yo`lda qolgan farzandlar giryon,
    Hatto, yolg`izlikni suymaydi chayon,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Hech yoqmadi, demang yozgan bu bayting,
    Turmush deb atalgan baxt tomon qayting, (x2)
    Ko`zlarimga qarab, rostini ayting,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar?

    Qalbimni qiynaydi quzg`un savollar,
    Nahotki, sizda yo`q shirin xayollar?
    Chaqinning umricha dunyoda sizga,
    Yolg`izlik yaxshimi, yolg`iz ayollar? {x3}

    Yolg`izlik yaxshimas, aziz ayollar…